Media

Ushbu bo’limda siz tabiiy dori vositalari va fitoterapiya yordamida sog’liqni saqlash haqida ko’p qiziqarli va foydali ma’lumot olishingiz mumkin.
Yaqinda Jahon sog'liqni saqlash tashkiloti fitoterapiyaga nisbatan o’zining printsipial nuqtai nazarini e’lon qildi. O’simlikdan olingan dori preparatlarining havfsizligi va samaradorligi haqida tavsiyalar qabul qilindi. Tavsiyalar dorivor o’simliklarni o’stirish va yig’ish bo’yicha milliy sog’liqni saqlash organlari uschun ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. O’t bilan davolashga bunday yuqori qiziqishning sababi nima? Zamonaviy rasmiy tibbiyotning hozirgi kundagi holatini boshi berk va krizis holatidagi deb belgilash mumkin. Demak, deyarli esdan chiqarilgan, ammo samarali aholini sog’lomlashtirish usullari va vositalaridan umumiy kuchni berib foydalanish darkor. 

Dorivor o’tlar bilan davolovchi tabib xalq orasida e’tirof qilingan va oxirgi yillarda ularga bo’lgan qiziqish ortib bormoqda. Buning sabablari ko’p. Eng asosiylari orasida – sintetik dorilardan nojo’ya ta’sirlari, allergik kasalliklarning o’sishi, aholining katta qismida pullik tibbiyot xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarining pasayishi, xalq tabobatining tiklanishi va qator boshqalar. Sintetik dorilarni haddan tashqari qo’llash ko’p davlatlarda oshqozon-ichak trakti, buyraklar, jigar xastaliklarining o’sishiga olib keldi, allergik kasalliklarning sonini oshirdi. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ma’lumotlariga ko’ra sayyoraning taxminan 16% aholisi sintetik preparatlarni haddan tashqari iste’mol qilish bilan bog’liq allergik kasalliklaridan aziyat chekadilar.

Dunyo tendentsiyalariga amal qilgan holda “Zamona Rano” MChJ ning strategik rejalariga yig’imlar, fitochoylar assortimentini kengaytirish, Fitopreparatlarni kapsulalar, damlamalar va ekstraktlar shaklida ishlab chiqarish, shuningdek fitoterapiyani salomatlikni saqlash shakli sifatida martabasini oshirish kiradi.