BIZ HAQIMIZDA

O'zbekiston zamini qadimdan o'zining hosildor dalalari, chiroyli tog' tizmalari, quyoshli vodiylari, toza havosi va tiniq daryolari bilan mashhurdir.
O’zbekistonning nodir joylaridan biri Nomdanak nomli qishloqdir. Uning zamini hilma-hil o’simliklarga boydir. Bu yerda moychechak, yalpiz, na’matak kabi foydali o’tlar o’sadi, ularning foydasi haqida Ibn Sinoning tibbiy asarlaridayoq aytib o’tilgan. Avloddan avlodga o’tib kelayotgan sog’lomlashtirish retseptlaridan odamlar hozir kunda ham foydalanishadi.

Asrlar davomida yuzaga kelgan an’analar 2007 yilda Nomdanak qishlog’ida dorivor o’tlarni terish va o’stirishga ixtisoslashtirilgan Zamona Rano korxonasining ochilishiga zamin bo’ldi. Zamona Rano kompaniyasi ishining maqsadi fitoterapiya ekinlarini rivojlantirish va bizning zamonaviy dunyo sharoitida o’tlar bilan davolash an’analarini saqlab qolishdan iborat.

Bugungi kunda Zamona Rano tabiiy dorivor o’simlik mahsulotlarini ishlab chiqarish bo’yicha O’zbekistonda yetakchi kompaniyalardan biridir va yuqori texnologiyali ishlab chiqarish va zamonaviy infratuzilmaga ega. Bizning kompaniya dinamik o’sish sur’atini namoyish etmoqda, uzluksiz ravishda o’z assortimentini kengaytirish ustida ishlaydi va faqat ekologik toza ingrediyentlar asosidagi yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqaradi.
111