“Zamona Rano” kompaniyasi Koreyada an’anaviy tibbiyot bo’yicha birinchi jahon festivali-ko’rgazmasida ishtirok etdi.

16 Октября 2013

2013 yil 2 dan 14 sentabrgacha “Zamona Rano” kompaniyasi Koreyadagi (Sanchxon shaxrida) birinchi Dunyo An’anaviy Tibbiyot Festival-Ko’rgazmada ishtirok etdi. Ushbu tadbir aynan “Sharq tibbiyoti printsiplari va amaliyoti” degan ma’noni beruvchi “Donguibogam” qadimgi davolash bilimlari va usullarining asosiy tibbiy entsiklopediyaning 400 yilligiga, shuningdek Sog’liqni saqlash va ijtimoiy ta’minlash vazirligining ko’magida YUNESKO ning Dunyo Dasturi bayonoti imzolanganligiga bag’ishlandi. Shu sababdan, ushbu tadbir bayram uslubda uyushtirildi va Koreyaning milliy merosi va madaniyatining muhiti ayniqsa sezilardi. Yorqin raqslar, tomosha va konkurslar mahsulotlar va dori preparatlaridan tashqari shuningdek o’z davlatlarining madaniyatini namoyish etgan taklif etilgan mamlakatlarga alohida yodda qoldi. “Zamona Rano” kompaniyasi O’zbekistonnning dorivor o’tlar, yig’imlar va fitochoylarning keng assortimentini taqdim etdi. Ko’rgazma an’anaviy tibbiyot yorqin bayramida ishtirok etish baxtiga muyassar bo’lgan davlatlarning do’stligi, koloriti va birligini aks ettirdi.

Ishtirokchi davlatlarning ro’yxati:

  1. 1.O’zbekiston
  2. 2.Islandiya
  3. 3.Vyetnam
  4. 4.Tailand
  5. 5.Indoneziya
  6. 6.Malayziya
  7. 7.Kambodja
  8. 8.Yangi Zelandiya
  9. 9.Hindiston
  10. 10.Ruminiya
  11. 11.Turkiya
  12. 12.Germaniya
  13. 13.Mo’guliston
  14. 14.Tibet
  15. 15.Shri-Lanka
  16. 16.Janubiy Afrika
  17. 17.Shimoliy Amerika (hindular)


← Назад к списку новостей